Kitobxonlarning fikri- kutubxona faoliyati samaradorligiga xizmat qiladi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlar o‘rtasida “Kitobxonlarning fikri- kutubxona faoliyati samaradorligiga xizmat qiladi” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi. Asosiy maqsad  fondlarni qaysi chet el yozuvchilarining asarlari hamda til o‘rganish bo‘yicha qanday adabiyotlar  kerakligini  aniqlashdir.

Hududiy AKM va TAKMlarning 2022-yilgi faoliyatlari sarhisob qilindi

Joriy yilning 30-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari direktorlarining 2022-yil hisobotlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hududiy axborot-kutubxona markazlarining 2022-yil faoliyati bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi 4354-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2021-yil 28-dekabrdagi 211-son bayoni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, AKM va…

4-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan ekskursiya tashkil etildi

 A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 4-umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiya tashkil qilindi.  Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

1-aprel Xalqaro qushlar kuni

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 1- aprel Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan qushlarni asrash hamda ko‘paytirishga qaratilgan  Samarqand Ekologiya boshqarmasi Samarqand davlat universiteti talabalari hamda Samarqand shahar 9-umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiya tashkil qilindi.  Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan qushlarga oid asarlar haqida ma‘lumotlar berilib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari…