Bibliografik sharh

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida noan’anaviy shaklda yangi adabiyotlar sharhi bo’lib o’tdi. Yangi adabiyotlar sharhida kutubxona mutaxassislari bilan birgalikda eng faol kitobxonlar ham yangi adabiyotlarni sharhlab berdilar.

Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar 10-,30-, 31- maktab o‘quvchilari bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Amaliy yordam

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand shahar 75061-Harbiy qism mutaxassisiga kutubxonaga kelib tushgan adabiyotlarga texnik hamda ilmiy ishlov berish jarayonlari to’g’risida ko’rsatmalar, Kataloglar (alifboli va tizimli katalog), avtor belgilar haqida ma’lumot berildi.

Sayyor tadbir

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazi mutaxassislari Samarqand shahridagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda kitobxonlikni targ‘ib etish va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish maqsadida navbatdagi sayyor tadbirini tashkil etdi. Tadbirda o‘nga yaqin yangi badiiy adabiyotlar va xotin-qizlarga mo‘ljallangan “Ma’naviy hayot”, “San’at”, “Moziydan sado”, “Teatr” kabi jurnallar taqdimoti o‘tkazildi.

Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Germaniyalik sayyohlar bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.