Sayyor tadbir

Bugun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan navbatdagi sayyor tadbiri Samarqand shahar nogironlar reablitatsiya markazida uyushtirildi. Sayyor tadbirda yigirmaga yaqin badiiy adabiyotlar hamda “Hamshira”, “Shifo” nomli jurnallar targ’iboti olib borildi. Tadbir so’ngida reablitatsiya markazi qoshida electron kutubxona tashkil etildi.

“ Axborot-kutubxona markazining  eng yaxshi mutaxassisi” 

Ayni paytda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand Axborot-kutubxona markazida viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o’rtasida “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi” deb nomlangan ko’rik-tanlov bo’lib o’tmoqda.

“Oila-nikoh munosabatlarida ayollar oʻrni”

Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan…

Tanlov

2023-yilning 16-iyun kuni Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar maxsus  kutubxonasida nogironligi bo‘lgan kitobxonlar o‘rtasida “Brayl yozuvida tez va ifodali o‘quvchi kitobxon” deb nomlangan viloyat ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda barcha shahar, tumanlardan 16 ta ishtirokchilar qatnashib o‘zlarining brayl shriftida sifatli, tez va ifodali o‘qish, hamda diktant  yozish kabi shartlarda o‘z mahoratlarini  namoish etdilar. Tanlov natijalariga ko’ra 1-o‘rin…

Kitobxon ona va kitobxon bola

Jamiyat, millatning rivojlanishi, taraqqiy etish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bilimli, tarbiyali va ma‘rifatli yoshlarning jamiyat yuksalishida o‘rni beqiyos. Bunday yoshlarni barkamol etib tarbiyalovchi asosiy omillardan biri- kitob mutolaa qilish hisoblangan.Oilada ota-ona kitobga mehr qo‘ygan bo‘lsa, bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo‘ladi. Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida anashu shunday oilalardan biri Saliyeva Nigora…

“Kitobxon onalar kuni”

2023 yil 17 iyun kuni A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Samarqand shahar “Chorbog’” MFY xotin-qizlar faoli Abduvohidova Madina, “Mash’al” MFY xotin-qizlar faoli Xatamova Mehriniso,  “Tojmahal” MFY xotin-qizlar faoli Rahmatova Mastura, “Madaniyat” MFY xotin-qizlar faoli Jo’rayeva Umida, “Darg’om” MFY xotin-qizlar faoliXaripova Gulmira,…