Sayyor tadbir

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazi mutaxassislari Samarqand shahrining Registon maydonida kitobxonlikni targ‘ib etish va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish maqsadida navbatdagi sayyor tadbirini tashkil etdi. Tadbirda o‘nga yaqin yangi badiiy adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.

2023-yil 1- yarim yillik faoliyatlarsarhisob qilindi

Xabar berganimizdek, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 15 ta tuman va shahar axborot-kutubxona markazlarining 2023-yil 1- yarim yillik faoliyatlari sarhisob qilindi. 6 oy davomida faol xizmat faoliyatini olib borgan Jomboy, Kattaqo‘rg‘on shahar, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Toyloq, Ishtixon, Pastdarg’om tuman axborot-kutubxona markazlari e‘tirof etilib, qolgan tumanlarga xato va kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

2023-yil 1- yarim yillik faoliyatlarsarhisob qilinmoqda

Xabar berganimizdek, viloyat axborot-kutubxona markazida tuman va shahar axborot-kutubxona markazlarining 2023-yil 1- yarim yillik faoliyatlari sarhisob qilinmoqda. Ayni paytda Jomboy, Paxtachi, Oqdaryo axborot kutubxona markazining 6 oy davomida qilingan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. Jomboy tuman axborot-kutubxona markazining yarim yillik faoliyati faol deb topildi. Paxtachi hamda Oqdaryo tuman axborot-kutubxona markazlarining faoliyati bo‘yicha xato va kamchiliklar yuzasidan…

2023-yil yarim yillik faoliyatlari sarhisob qilinmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tegishli buyrug‘iga asosan A.S.Pushkin  nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman va shahar axborot-kutubxona markazlarining 2023-yil yarim yillik faoliyatlari sarhisob qilinmoqda. Ayni paytda Samarqand tuman axborot kutubxona markazining 6 oy davomida qilingan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglanib, xato va kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Ijodiy kecha

Samarqand shahrida joylashganA. Pushkin nomidagi viloyat markaziy kutubxonasida Yoshlar ishlari agentligi koʻmagida Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi tashabbusi bilan chop etilishi rejalashtirilgan “Uygʻonish” sheʼriy toʻplamiga bagʻishlangan ijodiy kecha boʻlib oʻtdi.Kechada Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari T.Tugalov, Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi raisiA.Shodmonqulov ishtirok etishdi hamda “Uygʻonish” toʻplami haqida tadbir ishtirokchilariga maʼlumot berib, oʻz taqrizlarini oʻqib eshittirishdi.…

Navbatdagi bibliografik sharh

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitoblar hamda matbuot nashrlarining bibliografik sharhi bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhda kutubxona mutaxassislari tomonidan kitoblar, gazeta va jurnallarda chop etilgan madaniy- ma’rifiy hamda siyosiy yangiliklar haqida aytib o’tildi.