Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar Prezident maktabi bitiruvchilari bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

O’zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!

O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 4- iyul kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “O’zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va harbiy vatanparvarlik tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda “Xalqaro Turon” yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va jurnalist…