Bugun buyuk maʼnaviy boyligimiz bo‘lmish o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

Til — millat ko‘zgusi. Tilning taraqqiyoti jamiyat, millat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Davlat tili maqomi esa uning har tomonlama rivojlanishi, taraqqiy etishiga imkon yaratadi. O‘zbek tilining istiqlol davri taraqqiyoti buning yorqin misoli bo‘la oladi.

Xalqimizning iftixori, faxri hisoblangan o‘zbek tilining bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Hurmat bilan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi