Joriy yilning 15 – aprel kuni Samarqand harbiy gospitalida “Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligi” munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbatida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari qatnashishdi. Ushbu davra suhbati A.Qodiriy hayoti va ijodiga va “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlarining targ’iboti hamda “Adabiyot – san’at – tarbiya – marifat  Uchinchi  renessans manaviyatning 4 ustuni” mavzusida bo’lib o’tdi. Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan tayyorlangan kitob ko’rgazmasi hamda videorolik namoyish qilindi.