“Axborot kutubxona a’lochisi” ko’krak nishoni Respublika bo’ylab kutubxonachilik sohasiga o’z hissasini qo’shib kelayotgan eng munosib nomzodlarga topshirildi.
Samarqand viloyatidan A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi bosh kutubxonachisi Zarina Latipova va Paxtachi tuman Axborot-kutubxona markazi direktori O‘tkirova Dilorom kitobxonlikni keng rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida kitobsevarlar sonini ko’paytirish borasidagi keng targ’ibot ishlari uchun “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bunday mukofotlarning berilishi barcha axborot-kutubxona mutaxassislarining yutug’idir.