Bolalarni yoshligidan kitobga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni ilm olishga undash muhimdir, zero yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir.
Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand tuman 47- umumta’lim maktabining o’quvchilari ustozlari bilan birgalikda kelishdi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o’quvchilarga kutubxona tarixi va undagi kitoblar hamda ish jarayoni haqida ma’lumot berib o’tdi. O’quvchilar kutubxona bo’ylab sayohat qilib, badiiy asarlar bilan tanishdilar.