Seminar

Ishtixon tuman axborot-kutubxona markazida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan fikr almashish hamda metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan seminar davom etmoqda. Seminarda 2023-yil tahliliy hisoboti hamda buyruqlar ijrosini samarali ta‘minlash bo‘yicha metodik yordam berilmoqda.

Seminar

Ishtixon tuman axborot-kutubxona markazida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan fikr almashish hamda tajriba almashish maqsadida tashkil etilayotgan seminar o‘z ishini boshladi. Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i M.Ibodullayev, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Z.Shodiyeva, Ishtixon tumani ma‘naviy-marifiy masalalar bo‘yicha hokim maslahatchisi O, Tojixonov…

Navbatdagi bibliografik sharh

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida mutaxassislar tomonidan noan’anaviy tarzda tayyorlangan 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” ga bag’ishlangan bibliografik sharh bo’lib o’tdi.

Yangi O’zbekistoning yangi armiyasi

1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan.…

Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talabalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida kutubxona haqida ma’lumotlar berib borish bilan birgalikda, talabalar bilan turli xil qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.

Ekskursiya

Ertaklarga bo’lgan muhabbat uzoq bolalikda, g’ayrioddiy qahramonlar va ularning sirli sarguzashtlari bilan tanishganimizda paydo bo’ladi. Biz ular haqida qayg’uramiz, g’ayrioddiy voqealarning davomini o’ylab topamiz, xuddi shu ajoyib voqealar ishtirokchisi bo’lishni orzu qilamiz. Qolgan umri davomida mo’jizalar va go’zal ertaklarga bo’lgan ishonch hech qayerda yo’qolmaydi. Bugun markazimizga Samarqand shahar 29-umumta’lim maktabining 2-sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi. Ekskursiya…