Ertaklarga bo’lgan muhabbat uzoq bolalikda, g’ayrioddiy qahramonlar va ularning sirli sarguzashtlari bilan tanishganimizda paydo bo’ladi. Biz ular haqida qayg’uramiz, g’ayrioddiy voqealarning davomini o’ylab topamiz, xuddi shu ajoyib voqealar ishtirokchisi bo’lishni orzu qilamiz. Qolgan umri davomida mo’jizalar va go’zal ertaklarga bo’lgan ishonch hech qayerda yo’qolmaydi.

Bugun markazimizga Samarqand shahar 29-umumta’lim maktabining 2-sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida kutubxona haqida ma’lumotlar berib borish bilan birgalikda, bilimga chanqoq bolalar uchun turli xil qiziqarli o’yinlar va savollar tashkil etildi. Faol bolajonlar kutubxona tomonidan taqdirlandilar.