Sayyor tadbir

📌Bu kitobni har bir inson o’qishi kerak 📜Bugun Toyloq tumani 2-son Kasb-hunar maktabida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Toyloq tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Bu kitobni har bir inson o’qishi kerak” nomli sayyor tadbir bo’lib o’tdi. Sayyor tadbirda Toyloq tuman shoirlari O’g’iloy Yo’ldosheva, To’xtatosh Turdiyeva hamda Qo’shchinor gazetasi muharriri Mo’tabar Yo’ldosheva. Tadbirni Toyloq tumani…

Bir asar tarixi

Joriy yilning 10-noyabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida oʻnlab detektiv asarlar muallifi, huquqshunos, yuridik fanlari doktori, dotsent Komil Oydinovich Sindarov tavalludining 63 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etildi.Koʻrgazmada adibning baʼzi asarlari hamda ularning sharhlari keltirib oʻtilgan.

“Dardlaring olay dunyo” va “Zarradan viqorli tog‘lar yaralgay” deb nomlangan kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida mahalliy yozuvchimiz Abdul Vali Samimiyning “Dardlaring olay dunyo” va “Zarradan viqorli tog‘lar yaralgay” deb nomlangan kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi.Taqdimotda yozuvchining o’zi ishtirok etib, o’quvchi-yoshlarga kitoblarining yaratilish tarixi bilan batafsil o’rtoqlashdi.Shuningdek, davra suhbatida faol ishtirok etgan kitobxonlar yozuvchining kitoblari bilan taqdirlanishdi.

Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida O’zbekiston-Finlandiya instituti qoshidagi akademik litseyining gumanitar fanlar yo’nalishi talabalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Sayyor tadbir doirasida ko’chma kutubxona tashkil etildi

Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida joriy yilning 13-noyabr kuni Samarqand shahar 13060 harbiy qismda mutaxassislar tomonidan ko’chma kutubxona doirasida sayyor tadbir tashkil etildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan kitoblar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tidi.