📌Bu kitobni har bir inson o’qishi kerak

📜Bugun Toyloq tumani 2-son Kasb-hunar maktabida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Toyloq tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Bu kitobni har bir inson o’qishi kerak” nomli sayyor tadbir bo’lib o’tdi. Sayyor tadbirda Toyloq tuman shoirlari O’g’iloy Yo’ldosheva, To’xtatosh Turdiyeva hamda Qo’shchinor gazetasi muharriri Mo’tabar Yo’ldosheva. Tadbirni Toyloq tumani 2-son Kasb-hunar maktabi direktori Marhabo G’afurova ochib berib, mamlakatimizda mustaqillikka erishgandan so’ng yurtimizda ta’lim sohasida o’zgarishlar haqida gapirib o’tganlaridan so’ng A.S.Pushkin nomidagi AKMning nodir nashrlar fondining bosh mutaxassisi Zarina Latipova kutubxona tarixi va saqlanib kelayotgan nodir kitoblar haqida to’liq ma’lumot berdi. Tadbir davomida Qo’shchinor gazetasi muharriri Mo’tabar Yo’ldosheva jamiyatimizdagi o’zgarishlarda gazeta va jurnallarning roli haqida fikrlarni aytib o’tdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javoblar tashkil etildi.