2024-yil 26-aprel kuni Samarqand harbiy gospitalida, Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Abdulla Qodiriyning 130 yilligi munosabati bilan uning hayoti va ijodiga bag’ishlab davra suhbati va “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asrlarining targ’iboti va O’zbekiston xalq shoiri Munammad Yusufning tavallud kuni munosabati bilan uning hayoti va ijodiga bag’ishlab,”Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” nomli davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda SamDU professori Mavlon Boboqulov so’zga chiqib, A.Qodiriy yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, XX asr o’zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o’zbek romanchiligining asoschisi ekanligini ta’kidlab o’tib, “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari haqida to’lqinlanib gapirdi.
AKM mutaxassislari O’zbekiston xalq shoiri Munammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib,uning ijodi kirmagan xonadon,o’qimagan inson bo’lmasligi,she’rlarida yuksak insoniy fazilatlar bilan birga yoshlik sururi,Vatanga ishq,o’zbekona,sodda,ayni paytda ezgu,bokira va betakror tuyg’u hamda kechinmalari o’zining yorqin ifodasi topganligi to’g’risida aytib o’tdilar.Tadbir so’ngida AKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan A.Qodiriy va M.Yusuf ijodlariga bag’ishlangan videolavhalar namoyish etildi.