Mudofaa vazirligi miqyosida yosh harbiy xizmatchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining Markaziy harbiy okrug bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi barcha harbiy qism va muasssalardagi harbiy xizmatchilarning bilimlari sinovdan o’tkazildi.

Ishtirokchilar tanlovda “O’zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” va “Buyuk mutafakkir va adib” kabi shartlari bo’yicha o‘zaro bahs olib borishdi.

Yosh harbiy xizmatchilarning bilim va salohiyatlarini adalotli va shaffof tarzda belgilash maqsadida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyati bo‘limi yetakchi mutaxassislari, viloyat axborot-kutubxona markazining xodimlari hakamlar sifatida ishtirok etishdi.

Barcha shartlarda tavsiya etilgan adabiyotlarga oid kitoblarning mazmun-mohiyati, g’oyasi va ahamiyati tanlov ishtirokchilari tomonidan sharhlab o’tildi.
Tanlov yakunida g’oliblar Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi faxriy yorliqlari va estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.