Kitob ko’rmagan kalla — giyoh unmagan dala, deganlaridek. Kitob o’qish insoning yuksalishidir. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida kitobxonlikni targ’ib qilish borasida tashkilotlar bilan hamkorlikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiyalar tashkil qilinayotgan bo’lib, shulardan biri O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand shahar qo’riqlash bo’limi xodimlari bilan tashkil etildi.

Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.