A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKMda 23-yanvar kuni boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022-2024 yillarga tuzilgan “Jamoa shartnomasi bo‘yicha 2022 yilda bajargan ishlari yuzasidan xisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Jamoa shartnomasining yil yakuni bo‘yicha, asosan xodimlar sog‘ligini himoyalash, yoshlarni qo‘llab quvvatlash va madaniy ma’rifiy ijtimoiy himoyalash maqsadida ma’lum ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlandi va KUK ishi qoniqarli deb topildi. Hisobot oxirida to‘planganlarga amalga oshirgan ishlar yuzasidan tayyorlangan videorolik taqdim etildi.