Joriy yilning 16- fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy O‘zbekiston kutubxonasi tomonidan Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari A.Qilichboyev “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish bo‘yicha nizomlar tavsifi”, Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati rahbari G.Ahmedova “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va jamlanma hisob kitobiga qayd etish” hamda Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari M. Mirxodjayeva “Axborot-kutubxona muassasalarida fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish masalalari” mavzularida ZOOM platformasi orqali hududiy AKM, TAKM xodimlari ishtirokida taqdimot qildilar.

Ushbu to‘garakda viloyat hamda tuman axborot-kutubxona xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan va ish jarayonida duch muammoli savollariga kerakli darajada javob olishdi.