Joriy yilning 30-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari direktorlarining 2022-yil hisobotlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hududiy axborot-kutubxona markazlarining 2022-yil faoliyati bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi 4354-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2021-yil 28-dekabrdagi 211-son bayoni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, AKM va TAKMlarning binolari, kadrlar masalasi, texnik ta’minot, axborot-kutubxona markazlari fondining saqlash holati, axborot-kutubxona resurslarini jamlash, hujjatlarga ishlov berish va kataloglashtirish haqida ma’lumot, UzNEL dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish, axborot-bibliografik va metodik faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 2022-yil davomida olib borgan ishlari uchun “Yilning ijro intizomiga rioya qiluvchi axborot-kutubxona markazi ” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.