“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida yosh ijodkorlar bilan birgalikda “Orzuyimdagi kutubxona” nomli rasmlar tanlovi bòlib òtmoqda. Tanlovda 61-umumta’lim maktabi, 64-umumta’lim maktabi, 39-umumta’lim maktablarining iqtidorli rassom òquvchilari orzularidagi zamonaviy, ertaknamo, ajoyib kutubxonalarning tasvirlarini chizishdi. Faol va iqtidorli o’quvchilarning ijod namunalari rang-barangligi bilan hammaga manzur bo’ldi.