“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Barhayot navolar” nomli musiqa kechasi bo’lib o’tdi. Ushbu musiqa kechaga mehmon sifatida Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi dotsent shashmaqomshunos ustoz Ixtiyor Sultonov va ustozning sozanda hamda shogirdlari taklif qilingan. Musiqa kechasida san’atga qiziquvchi yoshlar ustozga o’z savollarini berishdi va javoblarga ega bo’lishdi. Musiqali kecha barchaga birdek manzur bo’ldi.