Bugun Ishtixon tuman axborot-kutubxona markazida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik” nomli sayyor tadbir tashkil qilindi. Sayyor tadbirda Ishtixon tuman 8- va 54-umumta’lim maktablarining 8-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Viloyat axborot-kutubxona markazidan tashrif buyurgan mutaxassislar o’quvchi yoshlarga o’zlarining kutubxona va kitoblar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarini berishdi, o’quvchilar esa o’zlari o’qigan asarlardan parchalar, yod olgan she’rlaridan namunalar taqdim etishdi.