Joriy yilning 6-may kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKM mutaxassislari tomonidan Paxtachi tuman, Oqtepa MFY qoshida tashkil etilgan  kutubxonada  “Xotira va qadrlash kuni”ga  bag’ishlab  “Inson nomi ulug’-qadr muqaddas” nomli badiiy  musiqaviy kecha uyushtirildi. Unda Paxtachi tuman hokimligi matbuot xodimi, tuman deputati A.Husanov viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zosi Yu.Axmedov, A.Otamurodova, Oqtepa MFY raisi T.Eshnazarov, faxriy jurnalist M.Shukurov, hamda Paxtachi tuman 11-umumta’lim maktab o’quvchilari qatnashishdi.