Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy xislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо‘lish, duolarini olib yurish hamda ularga yaxshi suhbatdosh bo’lishdir. Shu so’zlarni o’zlariga shior deb bilgan kutubxonachilarimiz  Samarqand shahar “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uyining kutubxonasida “Yangi nashrdan chiqqan adabiyotlar bilan tanishib chiqish”deb nomlangan sayyor madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi. Tadbir davomida, keksa nuroniy otaxon va onaxonlarimizga AKMga kelib tushgan yangi badiiy adabiyotlar to’g’risida ma’lumot berildi. Nuroniylarimizni vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun bir nechta kitoblar haqida suhbat o’tkazildi.