Kitob har bir kishi, ayniqsa, yoshlar ongining shakllanishida, ularning nutq madaniyati va lug‘at boyligini o‘stirishda, hayotda o‘z o‘rnini topa olishida, kasblarni to‘g‘ri tanlashida, dunyoqarashining kengayishida va takomillashuvida yaqindan yordam beradi.

Shu munosabat bilan A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahar 59 -son “Nurli maskan” Ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus maktab internat o‘qituvchi va o‘quvchilari tashrif buyurdilar. Kutubxona buylab sayohat qilib o‘zlarini fikr mulohazalarni aytib o‘tdilar. O’quvchilar ijod qilishga va kitob o’qishga qiziqishlari juda baland ekanligini ta’kidladilar. Sayohat so‘ngida ijodkor yoshlar o‘zlarini ijod namunalaridan she’rlar o‘qib berdilar