Joriy yilning 20-aprel kuni AKMning chet tillar zali qoshida “Asr oshgan asarlar” nomli adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etilib, unda Samarqand shahar Nemis madaniyat markazi vakillari, xorijiy tillarga qiziquvchan talaba va kitobxonlar taklif etildi. Ko’rgazmada Daniyalik jahonga mashhur ertakchi Hans Kristian Andersen, Italiyalik buyuk rassom Leonardo da Vinchi, Ingliz dramaturgi va Uyg’onish davrining shoiri Uilyam Shekspirning deyarli barcha asarlarini topish mumkin.