A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi, jurnalist, shoir va tarjimon Yor Muhammad Rustamov  ijodi namunalarini yana bir bor tortiq etish maqsadida “Kongilga tashrif” kitobi va shoir Dilmurod Shonazarovning “Toki vatan erur farzanddan rizo” nomli kitoblar taqdimoti uyushtirildi.  Taqdimotda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo’limi rahbari Toshpulat Tugalov va mahalliy yozuvchilarimiz hamda  Samarqand Davlat Universiteti o’zbek  filologiya fakulteti va faol kitobxonlar hamkorligida  o’tkazildi. O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo’limi  rahbari Tugalov Toshpulat  yozuvchi va shoirlar ijodlari haqida oz fikrlarini bayon etdilar.       
Taqdimotda shoirlar tadbir qatnashchilari, faol kitobxonlar  bilan ushbu kitoblarining nashrdan chiqish jarayonlari, unda yozilgan she’rlari haqida o‘z kechinmalari bilan bo‘lishdi, hamda tadbirda qatnashayotgan faol kitobxonlar, tadbir mehmonlari o‘z savollari bilan shoirlarga murojaat etishib, kerakli javoblarni olishdi. Tadbir so‘ngida shoirlar ushbu taqdimotda faol qatnashgan tadbir qatnashchilariga o‘z kitoblaridan estalik sovg‘alari ulashdilar.