A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan “Kitobsevarlar klubi” Paxtachi tuman Oqteppa qishlog‘ida bugun ilk faoliyatini boshladi. Klub ochilishida, Samarqand  viloyat A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Mahbuba Kulova, Nigora Vohidova, Iroda Shamsiyeva Paxtachi tuman hokimligi Axborot markazi Abdurashid Xusanov, shoir akademik Ismat Sanayev, Konchilik instituti o‘qituvchisi fanlar nomzodi Iso O‘runov, “Yosh  kitobxon”  ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘olibi Nargiza Do‘stmurodova, “SIZ efirdasiz” ko‘rsatuvini g‘olibi Hilola Eshniyozova hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir ochilishida ustozlar tomonidan “Kitob, kitobxon va mutolaa” to‘g‘risida
 fikrlar yuritildi, klub a‘zolari safi kengaydi.