A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlik haftaligi doirasida  Samarqand shahridagi “Happy baby” maktabgacha ta’lim muassasasi hamda Urgut tumanidagi “Mehribon Muzaffar ona” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida, o’sib kelayotgan jajji yoshlarimizning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik bilim ko’nikmalarini oshirish,  bolajonlar qalbida kitobga bo’lgan mehrni  uyg’otish, ularni qiziqtirish  maqsadida  “Kitobxon bolalar millat kelajagi” nomli musiqali badiiy kecha tashkil etildi. Unda bolajonlarimiz o’zlari tayyorlab kelgan musiqali chiqishlari bilan qatnashdilar.

Tadbir so’ngida ishtirokchilar AKM ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qiziquvchan bolajonlarimiz uchun kutubxona bo’ylab sayohat tashkil etildi.