Yoshlarni katta hayotga tayyorlash, ularni mehnatga bo’lgan tushunchasini yanada kengaytirish, qizlarimizga pazandachilikning sirlarini o’rgatish hamda kelajakda oilada va jamiyatda o’z o’rnini topishda motivatsiya berish maqsadida 26-aprel  A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Bibixonim” o`quv-markazi rahbari hamda xodimlari bilan birgalikda “Hunardan baxt topgan ayol” nomli uchrashuv kechasi bo’lib o’tadi. Tadbirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalari ishtirok etishdi.