Kitobsevar_millat_III_Respublika_haftaligi

Kitobxonlik haftaligi doirasida viloyat axborot-kutubxona markazida yana bir kitob taqdimoti va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universteti
Filologiya fakulteti ishtirokida taniqli yozuvchi va munaqqid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ilhom Hasanovning “Tun tongga tutash” nomli kitobi taqdimoti hamda iqtidorli yozuvchi Bahodir Qobul bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy kechani O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib, Senator Farmon Toshev ochib berdi.
Shundan so‘ng, “Ilhom Hasanov ijodining o‘ziga xos jihatlari”. –Filologiya fanlari doktori, professor Azmiddin Nosirov. “Ilhom Hasanov-adabiyotshunos olim, adib, dramaturg, tarjimon ”. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib Bahodir Qobilovlar mavzuga doir ko‘plar fikrlarni aytib o‘tishdi.
Tadbir davomida, Samarqand davlat universiteti talabalari tomonidan Ilhom Hasanovning “Biri kam dunyo” dramasiga tayyorlangan sahna ko‘rinishi tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Shuningdek, “Biri kam dunyo” dramasida inson talqini. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Akram Toshpo‘latov. Ilhom Hasanovning “Tun tongga tutash” kitobi, muallifning ijodi va fazilatlari haqida mulohazalar

  • Filologiya fanlari doktori, professor Jo‘liboy Eltazarov, SamDU ilmiy kotibi, dosent Mardon Boltayev hamda
    -O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalovlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
    Kitob taqdimoti taniqli adib Bahodir Qobul bilan ijodiy uchrashuvga ulanib ketdi.
    Ijodiy uchrashuvda “Bahodir Qobul asarlari va milliy o‘ziga xoslik” mavzusida Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Hasanov. Adib Bahodir Qobul asarlari va uning Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq faoliyati haqida Filologiya fanlari doktori, professor Usmon Qobilov mavzularida so‘zga chiqdilar.
    Adabiyotshunos olimlar, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, muxlislar, talabalar hamda faol kitobxonlar ishtirok etishdi.
    Tadbir davomida adib bilan savol-javoblar tashkil etildi.