Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Samarqand shahar 35-umumta’lim maktabida ko’chma kutubxona tashkil etildi hamda ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzildi. Ko’chma kutubxona tashkil qilish uchun berilgan adabiyotlarga mahalla tomonidan javobgar shaxs tayinlandi.