2022-yil 23-aprel kuni  Milliy matbuot markazida II Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Axborot-kutubxona a’lochisi» nomiga munosib topilganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida kutubxonada samarali  mehnat qilib kelayotgan А.S.Pushkin  nomidagi  axborot –kutubxona  markazining  Elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari xizmati  rahbari   M.Kulovaga «Axborot-kutubxona a’lochisi» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.