Sankt-Peterburg shahrida “Sankt Peterburg – 2023 – Hamdoʻstlik madaniyat poytaxti” davlatlararo dastur tadbirlari doirasida “Hamdo‘stlik madaniy xilma-xilligi: kutubxona tashabbuslari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Konferensiyada O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy kotibi Q.Tursunov, Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi direktori R.Qurbonov “Madaniy xilma-xillikni targ‘ib qilishda kutubxonalar, arxivlar va muzeylarning ta’siri”, Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Z.Shodiyeva “O‘zbekistonda raqamli merosni saqlash: tajriba, muammolar va istiqbollar” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtorok etmoqdalar.
Anjumanda raqamli texnologiyalar davrida MDHga aʼzo davlatlarning adabiy merosini asrab-avaylash; kutubxonalar, arxivlar va muzeylarning madaniy xilma-xillikni targ‘ib qilish uchun o‘zaro hamkorligi; kutubxonalarning Hamdoʻstlikning umumiy virtual koʻrgazma maydoni orqali madaniy qadriyatlarni targʻib qilishda ishtiroki kabi masalalar muhokama qilinadi.
Xalqaro konferensiya 4-oktyabrga qadar davom etadi.