A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar STEAM nomli xususiy bog‘cha bolalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Shuningdek, ekskursiya davomida  ishtirokchilar bilan birgalikda kitobxonlikka oid turli xil savol-javoblar ham tashkil etildi.