A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazida Samarqand viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi 27-yong’in qutqaruv qismi xodimlari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Ekskursiya davomida qutqaruv xodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda kitob mutolaa qilishdi.