Avval xabar berganimizdek, Rossiya Davlat kutubxonasida 7-xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Samarqandda ipak qog’oz ishlab chiqarish haqida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bosh mutaxassisi Latipova Zarina ma’ruza qildi. Videorolik namoyish qilindi. Batafsil berilgan ma’lumot seminar qatnashuvchilarida katta qiziqish uyg’otdi. Seminar davomida berilgan savollarga to’liq javob berildi. Dunyoning atoqli restavratorlariga qog’ozning xususiyati tushuntirib berilib Samarqand qog’ozining ko’rgazmasi tashkil etildi.