Yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni Qurbon hayiti bilan A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot – kutubxona markazi jamoasi chin qalbdan samimiy tabriklaydi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, farovonlik, ijodiy yutuqlar, ma’naviy boylik tilaymiz va barcha tashabbuslaringizni amalga oshirilishida tilakdoshmiz!

Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar bo’lsin.