Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga qaratayotgan eʼtibori doirasidagi “Rahbardan 10ta kitob” tashabbusi bugun butun mamlakatimiz boʻylab keng quloch yozdi.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarimizni vatanparvalik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyat va an’analarimizga nisbatan hurmatni yanada kuchaytirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda kitobxonlik madaniyatini, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, ijodkorlarning mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish yo‘lida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Pastdarg’om tuman hokimining yoshlar siyosati , ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari D.M.Mamatqulov kitob hadya qilish bo‘yicha aksiya startini boshlab berdi. Xususan, D.M.Mamatqulov Pastdarg’om tuman Axborot- kutubxona markaziga 50ta eng sara badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalari hamda ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun qator lugʻat va adabiyotlar sovgʻa qildi.

Shuningdek, tadbir davomida tuman hokimi o’rinbosari D.M.Mamatqulov bugungi kunda yurt boshimiz tomonidan yoshlarimizning ta’lim olishiga bo‘lgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib, kitob – ma’naviyatni yuksaltiruvchi bebaho xazina ekanligi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarimizni muntazam ravishda kutubxonalarga a’zo bo‘lishlari zarurligi, bu esa ertangi buyuk kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

D.M.Mamatqulov tashabbusi bilan joriy yilning iyun oyidan to hozirgi kungacha “Rahbardan 10ta kitob” tashabbusi kitob hadya qilish bo‘yicha aksiya starti davom etib kelmoqda. Tumandagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuman Axborot kutubxona markazi fondiga 2000 dan ortiq turli mavzulardagi kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Albatta, bu kabi ezgu niyat ostida amalga oshirilayotgan ishlar millatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizning maʼnaviy olamini yana-da yuksaltirib, dunyoqarashlari kengayishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.