A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida 18- may Muzeylar kuni munosabati bilan ko’rgazma tashkil qilindi. Ko’rgazmada kitobxonlar uchun yurtimizdagi va xorijdagi muzeylar haqida ma’lumotlar namoyish etildi.

Aslida muzeylar nima uchun kerak? Nega tashkil qilinganini bilasizmi? Muzey (yunoncha: μουσεῖον — „muzalarga bagʻishlangan joy“) — tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-maʼrifiy muassasa.

Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Ular shonli tarixning guvohi hisoblanadi.