Bugun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan navbatdagi sayyor tadbiri Samarqand shahar nogironlar reablitatsiya markazida uyushtirildi. Sayyor tadbirda yigirmaga yaqin badiiy adabiyotlar hamda “Hamshira”, “Shifo” nomli jurnallar targ’iboti olib borildi. Tadbir so’ngida reablitatsiya markazi qoshida electron kutubxona tashkil etildi.