A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi Nizomiddin Gulboyev tomonidan “XIX asr Xorazm vohasi harbiy-siyosiy tarixiga doir rasmiy hujjatlar”deb nomlangan monografiyani kutubxona fondiga sovg‘a qildi.

Monografiya orqali Qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligi davrida Xorazm vohasi harbiy tarixi, XIX asrda mintaqadagi siyosiy vaziyat, Xiva xonligi va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning ba’zi jihatlari haqida ma‘lumot olishingiz mumkin.