Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida iste’dodli shoir, yozuvchi Erkin Vohidov hamda mashhur shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Sheriyat yulduzlari” deb nomlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirni Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dotsenti D.Djabbarova Erkin Vohidov hamda Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, asarlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan boshladi. Tadbir davomida talabalar tomonidan Erkin Vohidov hamda Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib, she’r, g’azallar aytildi.

Shuningdek, tadbir so’nggida Muhammad Yusufning qo’shiq bo’lgan she’rlari tadbir qatnashchilari tomonidan jonli ijroda kuylab berildi.