A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi rahbari, taniqli shoir Toshpo’lat O’rxunning “Surur”, “Umr karvoni” nomli she’riy to’plamlari taqdimoti hamda yosh ijodkorlarning mushoirasiga bag‘ishlangan “Uchqun” adabiy ko’rsatuvning navbatdagi soni bo’lib o’tdi. Unda kitobxonlar, she’riyat muxlislari, kutubxona xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida, shoir tomonidan “Surur”, “Umr karvoni” kitoblari kutubxonaga sovg’a qilindi.