A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga “Kitobxonlik haftaligi” doirasida AKM faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti 306 guruh talabalari Qo’chqorov Sherzod boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida AKM ning barcha shart – sharoitlari, kutubxonaning muzeyi va electron kutubxona, hamda san’at zali bilan yaqindan tanishdilar.