Kitob – beminnat ustoz, darhaqiqat, kitobga do’st bo’lgan inson yuksalaveradi. Prezidentimizning
4-tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish doirasida A.S.Pushkin axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil qilgan onlayn kitobxonlik tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tanlovda faol qatnashib, 1-o’rinni olgan Javlonbek Miyassarov, 2-o’rin sohibi Nodir Saliyevlar kutubxonaning faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.