Tarixni anglashda uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda ham katta ahamyatga ega hisoblanadi. Shu boisdan Oʻzbekistonda 90-yillardan keyin koʻplab muzeylar mamlakatning turli joylarida oʻz ishlarini boshladi, koʻplab muzeylar butunlay yangidan barpo etildi, boshqalari kapital taʼmirdan chiqarildi. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham tariximiz haqida yanada ko’proq ma’lumot olish maqsadida Samarqand shahar 13 060 harbiy qismda joylashgan muzeyga sayohat qilishdi.