Ustoz misli yonib turgan shamga qiyos. O‘zi yonib, atrofga nuru ziyo sochadi. Boshqalar ana shu nurdan bahramand bo‘ladi. Shu sabab, har bir inson yoshidan, mavqeidan, darajasidan qat’i nazar, saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom ta’zimda. Hazrat Navoiy aytganlaridek, Haq yo‘lida bizga ming ranju qiyinchilik bilan saboq bergan muallimlarning mashaqqatli mehnatlari haqini hech bir boylik yoki ganj bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning mehnatlari beqiyos va benazir. Ustozlar murg‘akligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug‘larini sochadi, qo‘limizdan tutib, ma’rifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulashadi. Biz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarmizda ularning hissasi katta. Shu sabab, ularni mudom sharaflagimiz, ardoqlagimiz keladi.
Ustozlarimizning mehnatlariga bag’ishlab A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ustoz misli yonib turgan sham” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.