Bugungi kunda, internet rivojlangan zamonda kitobxonlik, kitobga bo‘lgan muhabbat go‘yoki yo‘qolib borayotgandek tuyuladi. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga tashrif buyursangiz bu holat o‘z tasdig‘ini topmaydi. Negaki, kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlari, shuningdek, turli kutubxona tomonidan tashkil etilayotgan klublarda faolligini ko‘rib, kitobxonlik aslo yo‘q bo‘lmasligiga guvoh bo‘lasiz.  
Darhaqiqat, bu borada yozuvchi Ozod Sharafiddinov haq gapni aytgan edi. “Kitob degan narsa insonning tabiati, mohiyati bilan bog‘liq buyuk mo‘jizadir. Inson ham bor, kitob ham qay bir shaklda yashayveradi”.