O’zbekiston Mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlab “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi Samarqand shahar “Barkamol avlod bolalar maktabi” bilan hamkorlikda “Yangi O`zbekiston – Yoshlarga yangi imkoniyatlar” nomli rasmlar tanlovi o’tkazishdi. Tadbirda o’quvchilar Vatanni madh etuvchi rasmlari bilan qatnashib, faol ishtirokchilar kutubxonaning esdalik so’vg’alari hamda tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.